08:30 / 02.07.2015
1572

Montoyya “Inter”ga o‘tishdan avval tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Milanga uchib ketdi

“Barselona” himoyachisi Martin Montoyya o‘z faoliyatini Milanning “Inter” jamoasida davom ettiradigan bo‘ldi.

1 iyul kuni 24 futbolchi Milanga uchib ketdi va 2 iyulda tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

“Inter” ispan futbolchisini ikki mavsumga ijaraga olib, kataloniyaliklarga o‘yinchi uchun 15 mln yevro to‘laydi.

“Neradzurri”lar yana 7 mln yevro to‘lab o‘yinchini sotib olishlari mumkin. Montoyyaning “Barsa” bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilgacha mo‘ljallangan.

Top