17:13 / 02.07.2015
4606

NASA Marsga uchuvchi planer yubormoqchi

NASA aerokosmik agentligi Prandtl-m (Preliminary Research Aerodynamic Design to Land on Mars) apparatining prototipi yaratilayotganini ma'lum qildi. Aytilishicha, ushbu uchuvchi planer Mars sayyorasiga yuboriladi. Planerning oldiga qo‘yiladigan asosiy vazifa Mars sathida kosmik missiyalar qo‘nishi uchun qulay joylarni topish bo‘ladi.
60 sm li ixcham planerning vazni Yerda 1.2 kg ni tashkil qiladi. Marsdagi tortishish kuchi bu vaznni o‘rtacha yarim kg ga kamaytiradi. Bunday yengil apparat 600 m balandlikka ko‘tarilib olgach, 32 km masofani bemalol bosib o‘ta oladi.
Planer bilan roverning uchishi 2022-2024 yillar orasida amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Prototip qurilishi esa shu yili yakunlanadi. Shundan so‘ng sinov bosqichi boshlanadi. Planer, shuningdek, kamera va radiometr bilan jihozlanadi.

Top