15:05 / 02.07.2015
4258

Nukusda 43,3° daraja issiq harorat qayd etilib, 37 yil avvalgi rekord yangilandi

Qoraqalpog‘iston poytaxti Nukus shahrida 1 iyul kuni termometr ko‘rsatkichi +43,3° haroratni qayd etdi.

Meteorologlarning ma'lumotlariga ko‘ra, bunday ko‘rsatkich 1978 yilda qayd etilgandi.

30 iyun kuni ham +42,6° harorat orqali 20 yil oldingi rekord yangilangandi.

Toshkentda 1 iyulda termometr ko‘rsatkichi +40,0 gradusni ko‘rsatdi. 1902 yilning 1 iyulida bu boradagi eng maksimal harorat 40,3 gradus issiqni tashkil qilgan edi.

Top