08:57 / 02.07.2015
3041

Nyu-Yorkning sobiq senatori poraxo‘rlik uchun 7 yilga qamaldi

Nyu-York shtatining qonunchilik majlisi sobiq senatori, demokrat Malkolm Smit poraxo‘rlikda ayblanib, 7 yilga qamaldi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar berdi.

U 2013 yilgi shahar hokimi saylovlari chog‘ida korruptsion tizim yaratishga harakat qilganlikda ayblanmoqda.

Jumladan, ma'lum bo‘lishicha, 52 yoshli Smit o‘z partiyasi vakillariga pora berib, o‘ziga ovoz berishga ko‘ndirgan. U tarqatgan pullarning umumiy miqdori 200 ming dollarni tashkil qiladi.

Malkolm Smit qonunchilik majlisida 13 yil ishlagan. Korrupsiya bo‘yicha ayblov unga 2013 yil boshida qo‘yilgan. Tergov va sud ishi shundan buyon davom etib kelayotgan edi.

Shuningdek, uning besh nafar sherigi ham 3-10 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.

Top