10:40 / 02.07.2015
1765

Peruda avtobusning jarlikka qulashi natijasida 12 kishi halok bo‘ldi

Peruning Akash departamentida yo‘lovchi avtobusining jarlikka qulashi natijasida 12 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Andina axborot agentligi ma'lum qildi.

Bundan tashqari, 15 kishi turli darajadagi tan jarohatlari olgan. Departament hokimiyati vakili Xesus Lasaroning so‘zlariga qaraganda, avtobus Limadan Xuanukoga ketayotganida shossening 48-kilometrida Konocha va Antamina aholijoylarni o‘zaro bog‘lovchi nuqtada halokatga uchragan.
Rasmiy ma'lumotlarga qaraganda, 2015 yilning birinchi yarim yilligida Peruda yo‘l-transport hodisalarida 1 406 kishi halok bo‘lgan.

Top