14:36 / 02.07.2015
4271

Qirg‘izistondagi qamoqdan qochib ketgan qozog‘istonliklar terakt sodir etmoqchi bo‘lganliklari aytildi

Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi qo‘lidagi ma'lumotlarga qaraganda, yaqinda qamoqdan qochib ketgan ikki nafar qozog‘istonlik mahbus Qirg‘iziston hududida qo‘poruvchilik harakatlari amalga oshirishni rejalashtirgan. Bu haqda Novosti-Kazaxstan agentligi xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, 26 iyun kuni ikki nafar qozog‘istonlik Qirg‘iziston qamoqxonasidan qochib ketdi. Ulardan biri o‘qotar qurol qo‘lladi, ikkinchisi esa granata portlatishini aytib ularni qo‘lga olmoqchi bo‘lgan huquq-tartibotchilarni qo‘rqitdi.
1991 yili tug‘ilgan Amirov Jonbo‘lat Bo‘lato‘g‘li va 1988 yili tug‘ilgan Abxin Albert Sotiboldio‘g‘li 2014 yili davlat chegarasini buzganlikda va hujjatlarni soxtalashtirganlikda ayblanib, 3 va 4 yilga qamalgan edi.
1 iyul kuni Abxin topildi, ammo uni qo‘lga olishga harakat qilinganda jinoyatchi o‘zini portlatib yubordi. Ikkinchi qochqin mahbus qidirilmoqda.

Top