08:32 / 02.07.2015
3438

Qozog‘istonlik tomoshabin ruscha “Zakovat”ning bosh mukofotini qo‘lga kiritdi

Qozog‘istonning Atirov viloyatida istiqomat qiluvchi muhandis Qurolbek Qarmisov Rossiyaning “Nima? Qayerda? Qachon?” intellektual o‘yinida Viktor Sidnyovning jamoasi ustidan g‘olib kelib, billur boyqush hamda 530 ming rubl pul mukofotiga ega bo‘ldi. Bu haqda AlmatyNews agentligi xabar bermoqda.

Finalda bilimdonlar jamoasi muxlislardan 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchradi va, qoidaga ko‘ra, bosh mukofot eng yaxshi savol muallifiga nasib qildi.

Qozog‘istonlik muxlisning savoli Aleksandr Druz va Maksim Potashovni o‘ylantirib qo‘ydi. Savol Yaponiyada tarqalgan “Tooryanse” o‘yini haqida edi. Bu o‘yin Yaponiya hukumati tomonidan qanday maqsadda ishlatilishi haqidagi savolga bilimdonlar javob bera olmadi.

Ular shu yo‘l bilan hakamlar va sudyalar tanlashini taxmin qilib ko‘rishdi. Aslida esa, ma'lum bo‘lishicha, u svetofor signali sifatida qo‘llanar ekan.

Top