16:10 / 02.07.2015
2976

Shanxay birjasi indeksi 6 foizga tushib ketdi

Sotuvlar jarayonida Shanxay birjasining (Shanghai Composite) asosiy indeksi 6.3 foizga tushib ketdi. Bu 2015 yil aprelidan buyon kuzatilgan eng katta tushish bo‘ldi.

Aytilishicha, indeks bir kunda 3 795 punktga tushib ketgan.
Ayni paytda muntazam tushish 5.03 foizni yoki 3 849 punktni tashkil qilib turibdi. Xitoyning yana bir muhim indekslaridan biri – Shenzhen indeksi esa shu paytning o‘zida 5.69 foizga tushmoqda.
Xitoy fond-birjasidagi tushish 12 iyundan buyon davom etmoqda. O‘shanda Shanghai Composite 5 178.19 punktga tushib ketgan edi. Shundan buyon ushbu indeks 25 foiz yo‘qotdi. Antirekord 29 iyun kuni qayd qilindi – o‘shanda tushish 7.6 foizni tashkil qilgan edi. shuningdek, 26 iyun kuni ham bugungidan ko‘proq – 7.4 foiz tushish bor edi.

Top