11:10 / 02.07.2015
1897

Tachmurod Agamurodov "Dinamo" jamoasi bosh murabbiyligidan ketdi

Samarqandning "Dinamo" jamoasi bosh murabbiyi Tachmurod Agamurodov joriy yilgi Oliy Liga bahslarining birinchi davrasi yakunida jamoani tark etdi. Bu haqda samarqandliklar jamoasi rasmiy saytida xabar qilindi.

"So‘nggi bir yil davomida «Dinamo» klubida faoliyat yuritib kelgan tajribali mutaxassis Tachmurod Agamurodov birinchi davraning so‘nggi o‘yini «Olmaliq»ga qarshi bahsdan so‘ng jamoa bilan xayrlashdi.

Tachmurod Agamurodov sog‘lig‘idagi muammolar sababli, o‘z arizasiga binoan «Dinamo» bosh murabbiyligi lavozimidan iste'foga chiqdi.

Turkmanistonlik mutaxassis 2014 yilgi mavsumning ikkinchi davrasidan boshlab, klubmizda faoliyat yuritib kelayotgan edi.

«Dinamo» PFK Tachmurod Agamurodovga klubdagi faoliyati hamda hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirib, uning keyingi ishlariga omad tilab qoladi", deyiladi xabarda.

Top