13:48 / 02.07.2015
4463

Ukraina sog‘liqni saqlash vaziri Saakashvilining tanqididan so‘ng iste'fo berdi

Ukraina sog‘liqni saqlash vaziri Aleksandr Kvitashvili Odessa viloyati gubernatori Mixail Saakashvilining tanqididan so‘ng ishdan bo‘shash haqida ariza yozdi. Bu haqda UNN agentligi xabar bermoqda.

Ilgariroq Saakashvili Kvitashvilini iste'foga chiqishga chaqirgan edi.
“Vazir darhaqiqat ariza yozdi, ammo u hali vazirlar mahkamasida ko‘rib chiqilmadi”, – ma'lum qildi “Pyotr Poroshenko bloki” fraksiyasi raisi o‘rinbosari, Igor Kononenko.
Bundan tashqari, Saakashvilini tanqid qilgan Ivano-Frankovsk prokurori ishdan bo‘shatilgan edi. Odessa gubernatori bilan janjallashib qolgan davlat aviaxizmati rahbari ham ishdan bo‘shatilishi haqida ma'lum qilingan edi.

Top