09:50 / 03.07.2015
2326

AQShning Aetna sug‘urta kompaniyasi asosiy raqobatchisini 34 mlrd dollarga sotib olishi mumkin

AQShning tibbiy sug‘urtaga ixtisoslashgan Aetna kompaniyasi asosiy raqobatchilaridan biri – Humana firmasini 34 mlrd dollarga sotish olishi mumkin. Bu haqda The Wall Street Journal nashri xabar bermoqda.
Aytilishcha, Aetna raqibining har bir aksiyasi uchun taxminan 230 dollar beradi. Payshanba kungi birja savdolarida kompaniyaning qiymati 28.9 mlrd dollarni tashkil qilgan edi.
Shartnoma narxining bir qismi naqd pul bilan to‘lanadi, bir qismi esa Aetna aksiyalari bilan qoplanadi.
Tibbiy sug‘urta bozoridagi eng yirik shartnomalardan biri bo‘lgan bu voqea shu hafta rasman tasdiqlanishi kutilmoqda.

Top