22:57 / 03.07.2015
4801

Barak Obamaning qizi HBO telekanali serialining suratga olish maydonchasida yordamchi bo‘lib ishlamoqda

AQSh prezidenti Barak Obamaning qizi Maliya Obama HBO telekanali tomonidan suratga olinayotgan “Qizlar” serialining suratga olish maydonchasida yordamchi bo‘lib ishlamoqda, deb xabar bermoqda TMZ portali.

4 iyul kuni 17 yoshga to‘ladigan Maliya Obama serialning Bruklindagi suratga olish ishlarida ishtirok etayotganida payqaldi.

O‘tgan yili ham Obamaning qizi yoz faslida televideniyeda ishlab pul topgan edi – u bosh rolda Xolli Berri o‘ynagan “Chegaradan tashqari” serialining suratga olish maydonchasida ham yordamchi bo‘lib ishlagan edi.

Top