08:33 / 03.07.2015
6097

Bo‘stonliqlik fermer 90 yoshli nok daraxtini parvarishlab kelmoqda

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida istiqomat qiluvchi bog‘bon va tadbirkor Tolibjon Rahimov uzoq yillardan buyon 85-90 yoshli ikki tup qadimiy nav nok daraxtini parvarishlab kelmoqda. Bu haqda “Mening bog‘im” ko‘rsatuvi asosida “Oila davrasida” gazetasi yozmoqda.

Aytilishicha, ushbu daraxtlar beradigan meva navi toshnok deb ataladi.

“Uni terib olgach, yerto‘lada 15-30 kun saqlaganimizdan so‘ng chiroyli tusga kirib, qovun kabi yumshab, suvli mevaga aylanadi, – deydi Rahimov. – Mevasini 15 sentabrdan 15 oktabrga qadar terib olamiz. Yoshligimda ham bu daraxtlar kichkina edi, hozirgacha ozroq o‘sgan. Gap shundaki, bu nok navi juda sekin o‘sadi. Dadamning aytishicha, 25 yilda hosilga kirarkan. 18 deganda bir-ikki dona nishona berganini eslayman. Kurtak yoki iskana payvanddan ko‘paytiriladi”.

Top