21:28 / 03.07.2015
6773

Choy Xitoy hududida 6 ming yil avval yetishtirilgani ma'lum bo‘ldi

Xitoydagi choy tarixi avval taxmin qilingandan ham kadimroqqa borib taqalishi ma'lum bo‘ldi. Mahalliy olimlarning oxirgi tadqiqotlari zamonaviy Xitoy hududida choy butasining yetishtirilishi kamida 6 ming avval boshlanganidan darak bermoqda.

Bunday xulosaga Ninbo shahar okrugi, Tyanlo tog‘i hududida neolit davriga mansub Xemudu madaniyatiga oid arxeologik qazilmalar natijalarini tahlil qilish davomida Chjetszyan madaniy qadriyatlar va arxeologik tadqiqotlar markazi mutaxassislari kelishdi. Olimlar e'tiborini yoshi 6 ming yilni tashkil qiluvchi choy butalari ildizlari o‘ziga tortdi.

“Ildiz atrofidagi tuproqda qishloq xo‘jaligi vositalari bilan qayta ishlash izlari saqlanib qolingan. Bu holat ushbu o‘simlik o‘z-o‘zidan uni chiqmaganligi, balki inson tomonidan ekilganligini anglatadi”, deb aytmoqda arxeolog Sun Gopin.

Qazilmalar paytida topilgan chinni buyumlar Xemudu madaniyatining qadimgi odamlari choy damlashni bilganliklarini ko‘rsatmoqda.

“Arxeologlar choynakka o‘xshash buyumni topishdi. Bu buyumning tumshug‘i va dastagi bor”, deb aytmoqda olimlardan biri.
Shu kungacha tarixchilar choy yetishtirish va uni iste'mol qilish taxminan 3 ming oldin boshlangan, degan fikrga amal qilib kelardilar.

Top