07:58 / 03.07.2015
3226

IBM’ning Rossiya va MDHdagi yangi direktori tayinlandi

IBM kompaniyasining Rossiya bo‘yicha yangi bosh direktori etib kompaniyaning sotuvlar bo‘yicha sobiq direktori Andrey Filatov tayinlandi. Bu haqda kompaniya rasmiy sayti orqali tarqatilgan xabarnomadan ma'lum bo‘ldi.

Yangi lavozimni egallagan Filatov buyurtmachilar oldida turgan dolzarb biznes rejalarni hal qilishga alohida e'tibor qaratilishini alohida ta'kidlab o‘tdi.

“Buning uchun biz yuqori sifatli dasturiy yechimlarni qo‘llaymiz, – dedi u. – Bizning istiqbolli yo‘nalishlarimiz tahlil, bulutli texnologiyalar, xavfsizlik, mobillik va ijtimoiy hamkorlikdir”.

Kompaniyaning ilgarigi bosh direktori Kirill Kornilev sotuvlar bo‘yicha prezidenti o‘rinbosariga aylanib, IBM’ning Sharqiy va Markaziy Yevropadagi industrial yechimlar yo‘nalishiga boshchilik qiladi.

Top