07:43 / 03.07.2015
2776

Instagram`da 38 foiz bot va nofaol foydalanuvchilar borligi aniqlandi

Italiyalik tadqiqotchilar Instagram`da ro‘yxatdan o‘tgan akkauntlarning 8 foizi spam jo‘natish uchun yaratilganini va ijtimoiy tarmoqning 30 foiz foydalanuvchilari bir oyda bir martadan ko‘p bo‘lmagan faollikni namoyon qilishlarini aniqladi.

Bunday ma'lumotlar reklama beruvchilar, ya'ni xizmatlar ko‘rsatuvchi va mahsulotlar sotuvchilar va maydonlar, ya'ni ijtimoiy tarmoqdagi ommaviy blogerlar o‘rtasida shartnomalarni uzaytirishda xalal qilishi mumkin.

Maydonlar egalari o‘z auditoriyalari soni haqida ma'lumot berganda spam-botlar va nafaol foydalanuvchilar mavjudligini eslatib o‘tmaydilar.

Tadqiqot mualliflari botlarni aniqlash uchun foydalanilgan uslubni chop etdilar. Real foydalanuvchilar harakatlarini qaytaruvchi dasturlar 5-6ta video va fotosuratlar va 41 nafar foydalanuvchining obunasi bilan cheklanib qoladi.

Instagram vakillari bu ma'lumotlarga izoh berishdan bosh tortdi, biroq 2014 yilning dekabridan botlar bilan kurashish boshlanganini ma'lum qilishdi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, aniqlangan 8 foiz bot bu qish paytida faol bo‘lgan katta miqdordagi botlardan qolgan bir qismidir. Bot yaratuvchilarning ba'zilari o‘z ishchi algoritmlarini shunchalik takomillashtirishga muvaffaq bo‘lishdiki, endilikda ularni avtomatik rejimda haqiqiy odamlardan farqlash juda murakkab bo‘lib qoldi.

Instagram bot bilan muammolarga ega yagona ijtimoiy tarmoq hisoblanmaydi. O‘tgan yilning oxirida Twitter ijtimoiy tarmog‘ida 8,5 foiz shunday akkauntlar borligi qayd qilingan edi.

Top