11:02 / 03.07.2015
6449

Qishlog‘idagi do‘konga terminal o‘rnatilmagan chiroqchilik ikki nafaqaxo‘r pensiyasini naqd pulda oladigan bo‘ldi

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumani Chiyal jamoa xo‘jaligida istiqomat qiluvchi fuqaro Sa'dulla Ochilov “Darakchi” gazetasiga murojaat qilib, naqd pul muammosiga duch kelganini aytdi.
Maktubda aytilishicha, u va turmush o‘rtog‘ining nafaqa pullari plastik bank kartasiga tushirib berilgan. Ammo ularning qishlog‘ida plastik karta qabul qiluvchi do‘kon mavjud bo‘lmagani uchun barcha zaruriy narsalarni bozordan naqd pulga xarid qilishga majbur bo‘lishgan. Nafaqaxo‘rlar gazeta tahririyatidan bu masalani hal qilishda yordam so‘ragan.
Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosariga yetkazilgan murojaatdan so‘ng Qashqadaryo viloyati bosh boshqarmasi, AT “Agrobank”ning Chiroqchi filiali ushbu masalani hal qilib bergan. Fuqarolar iyun oyi nafaqa pullari moliyalashtirilganidan so‘ng nafaqalarni to‘liq naqd pulda olishlari mumkinligi ma'lum bo‘ldi.

Top