15:48 / 03.07.2015
7719

Sardor Milano AQShning NBC telekanaliga intervyu berdi

«Glavnaya stsena» musiqiy loyihasi g‘olibi o‘zbekistonlik Sardor Milano AQShning NBC telekanali tonggi efiri uchun intervyu berdi.

Milano suhbat avvalida bu o‘zining ingliz tilidagi ilk intervyusi ekanligi uchun juda hayajonlanayotganini tan olgan.

Boshlovchi Styuart Mur Sardorga uning chiqishlari va Amerikaga tashrifi borasida bir nechta savol bergan. Efirdan yozib olingan videoni Murning o‘zi Facebook’dagi sahifasiga joylashtirgan.

Shuningdek, bir paytlar Backstreet Boys guruhini ochgan Tim Kuns ham efirda ishtirok etgan va Sardorni yetishib kelayotgan jahon yulduzi deb hisoblashini ta'kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning mart oyida Sardor Milano Rossiyaning «Glavnaya stsena» musiqiy loyihasida g‘olib bo‘lgandi va mashhurlikka erishgandi. Unga Konstantin Meladze ustozlik qilib kelmoqda.

Top