17:59 / 03.07.2015
2008

Xitoyda samolyotning favqulodda qo‘nishi natijasida 10 kishi jabr ko‘rdi

China Southern Airlines kompaniyasining samolyoti Xaynan orolidagi Sanya shahrida favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Sinxua agentligining xabar berishicha, Boeing 737-800dan evakuatsiya qilish jarayonida 10 nafar yo‘lovchi jarohat olgan.
Samolyot Guanchjoudan Tailand poytaxti Bangkokka reysni amalga oshirayotgan edi. Dvigatelda yonish kuzatilgani tufayli pilotlar samolyotni qo‘ndirishga majbur bo‘lishgan.
Samolyot bortida 132 yo‘lovchi va 7 nafar ekipaj a'zosi bo‘lgan.

Top