20:43 / 04.07.2015
2421

AQShda mushak portlashi oqibatida bir necha kishi jarohat oldi

AQShning Kolorado shtatida joylashgan Eyvon shahridagi mushaklar shousi paytida pirotexnika solingan konteyner yuqoriga qarab otish o‘rniga portlab ketgan. Portlash oqibatida boshqa zaryadlar to‘ntarilib ketib, yaqin oradagi qo‘l va tomoshabinlar tomonga otilib ketgan. Odamlar bir-birlariga yaqin turganlari bois vaqtida qochib qolishga ulgura olishmagan. Voqea oqibatida 9 kishi jarohat oldi. Bu haqda NBC 4 New York telekanali xabar bermoqda.

Top