18:11 / 04.07.2015
2617

Azamat Abduraimov “Dinamo”ga murabbiylik qilishi mumkin

2 iyun kuni Tojmurod Agamurodov va uning murabbiylik shtabi Samarqandning “Dinamo” klubini tark etganlari ma'lum bo‘ldi. Klub rahbariyati yangi bosh murabbiyni izlashni boshlab yubordi.

Klub rahbariyatiga yaqin bo‘lgan manbaning ma'lum qilishicha, samarqandliklarga murabbiylik qilishi mumkin bo‘lgan nomzodlar orasida bir necha nafar taniqli nomlar zikr qilinmoqda. Ular orasida Islom Ahmedov, Sergey Kovshov, Rustam Zabirov, Sergey Arslanov, Aleksandr Volkov, Bahrom Hakimov va Azamat Abduraimov nomlari ham bor.

Klubga bosh murabbiy sifatida 49 yoshli Azamat Abduraimovning taklif qilinishi ehtimoli yuqori bo‘lgan variantlardan biri sifatida qaralmoqda. Abduraimov o‘z vaqtida “yo‘lbarslar” boshqaruvida ish olib borgan.

Ma'lumot uchun, “Dinamo” O‘zbekiston chempionatining birinchi davrasi yakunlariga ko‘ra, 11 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 12-o‘rinni egallamoqda. Shuningdek, jamoa O‘zbekiston kubogining 1/16 bosqichidan chiqib ketdi.

Top