10:19 / 04.07.2015
7827

Britaniyalik qiz hojatxonalardan qo‘rqishi oqibatida yurak xurujidan vafot etdi

Angliyaning Truro shahrida Emili Titterington ismli 16 yoshli qiz hojatxonalardan qo‘rqishi oqibatida yurak xurujidan vafot etdi. Bu haqda Independent nashri xabar bermoqda.

Qiz 8 hafta davomida hojatxonaga ulardan ko‘rqishi tufayli bormagan va buning oqibatida qizning organizmidagi tana a'zolari o‘z o‘rnidan siljigan va yurak xurujiga olib kelgan.

Patologoanatom mutaxassis Amanda Jyeffrining aytishicha, qizda kichik yoshdagi bolalarga xarakterli bo‘lgan “qabziyatni ushlab turish” holati kuzatilgan. Qizning tanasi ochib tekshirilganda, bu illat oqibatida qizda yo‘g‘on ichakning katta miqyosda kengayishi rivojlanganligi aniqlangan.

Qiz hayotligida uni tekshirgan shifokorlar qizda bu qo‘rquvga nima sabab bo‘lganini aniqlay olishmagan. Tergov qizga tegishlicha tibbiy yordam ko‘rsatilganda uning hayotini saqlab qolish mumkin bo‘lganini ko‘rsatdi, biroq qizning onasi aytishicha, qiz shifokorlar tomonidan istalgan yordamni qat'iyan rad etgan.

Top