08:08 / 04.07.2015
6642

Gretsiya hukumati bosh kotibi "Germaniya fashizmi" uchinchi bor o‘tmasligini aytdi

Gretsiya hukumati Germaniya va jumladan Angela Merkelning bosh maqsadi mamlakat bosh vaziri Aleksis Tsipras hukumatining iste'foga ketishga majburlashdan iboratligini tushunmoqda. Ana shunda kreditorlarda Gretsiyaga berishga yana pul topiladi.

Gretsiyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi tartibotini ko‘zda tutuvchi hech qanday mexanizmlar mavjud emas, Gretsiyaning o‘zi ham YeIdan chiqishni istamayapti, deb aytmoqda Gretsiya hukumati ishini muvofiqlashtiruvchi bosh kotib Xristoforos Vernadakis.

Vernadakisning firkicha, kreditorlar Gretsiya tushib qolgan vaziyatga mas'uliyat bilan munosabat bildirishlari kerak.

“Gretsiya yevro va Yevropadan chiqishni istamayapti. Gretsiya Yevropadan chiqa olmaydi ham, chunki undan chiqishning yo‘li mavjud emas. Buni kim hal qilishi kerak. Bir davlatmi yoki barcha davlatlarmi? Chiqishning yo‘li yo‘q”, deb aytmoqda Vernardakis.

Vernardakis Xalqaro valyuta jamg‘armasi bu faqatgina Kristin Lagard emasligi, ushbu xalqaro moliyaviy institutda boshqa davlatlar vakillari – amerikaliklar, braziliyaliklar, hindlar ham ishtirok etishini ta'kidlamoqda. Vernadakisning fikricha, Gretsiya muammosi nafaqat XVJ, Germaniya va Gretsiya, balki butun Yevropaning muammosidir.

Vernadakis Germaniyaning Gretsiyadagi inqiroz tarixida tutgan roli haqida keskin kayfiyatda fikr bildirdi. Uning aytishicha, Germaniya Yevropaga boshqa buyruq berishga muvaffaq bo‘la olmasligini tushunib yetishi kerak.

“Ular ikki marta qilgan ishlarini uchinchi bor qila olmaydilar. Yana bir bor fashizm o‘tmaydi”, deb aytmoqda amaldor.

Gretsiya hukumatida Germaniya Gretsiya hukumatiga, aniqrog‘i bosh vaziri Aleksis Tsiprasga saboq berib qo‘yishga qaror qilganini tushunmoqdalar. Merkel mamlakat hukumatining iste'foga ketishi uchun qo‘lidan kelgan barcha narsani qilishga tayyorligi haqida ochiqchasiga gapirilmoqda.

Top