15:25 / 04.07.2015
10878

O‘zbekistonlik olimlar yelkanli shamol divigatelini yaratdi

O‘zbekiston milliy universiteti dotsenti Turg‘unali Axmadjonov hamda Fizika fakulteti magistranti Orifjon Faxridinov Yelkanli shamol dvigatelini yaratishdi. Bu haqda Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi axborot xizmatiga asoslanib, "Telegraf.uz" nashri xabar bergan.

Yangi shamol dvigateli shahardan tashqaridagi uylar, fermer xo‘jaliklari, kottejlarni muqobil elektr energiyasi bilan ta'minlashga mo‘ljallangan. Yangi g‘oyani avvalgilardan farqi shundaki, u kichik shamol tezligida ham ishlay oladi. 

Qurilmaning ishlab chiqarish tan narxining arzon, o‘rnatish yoki demontaj qilish oson, qulay va sodda, elektr energiyasi ishlab chiqarishda quvvatni ehtiyojga ko‘ra katta diapazonda o‘zgartirish mumkin, to‘siqlar o‘lchami va sonini o‘zgartirish orqali olinadigan elektr energiyani xohlagancha o‘zgartirish imkoniyati mavjud, ekologik toza va elektr stansiyalardan uzoqda joylashgan aholi yashash joylari yoniga osonlik bilan o‘rnatiladi, yer osti suvlarini yer sirtiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri nasoslar yordamida chiqarish mumkin hamda uyali aloqa stansiyalari va antennalarni elektr quvvati bilan taminlaydi.

Top