07:12 / 04.07.2015
2126

O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga kirishi bo‘yicha ekspert ko‘mak berish maqsadida Yevropa Ittifoqi bilan ikki tomonlama kengash yaratilmoqda

O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga kirishi bo‘yicha ekspert ko‘mak berish maqsadida Yevropa Ittifoqi bilan O‘zbekiston o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik va investitsiya masalalari bo‘yicha ikki tomonlama kengash yaratilmoqda. Bu kengash joriy yilning oxiriga qadar ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Yuriy Shterk ma'lum qildi.

Shterkning aytishicha, YeI O‘zbekiston JSTga kirishini tayyorlashga baho berishda yordam berishga tayyor. YeIning xorijiy ishlar bo‘yicha kengashining Markaziy Osiyo bo‘yicha Yevropa Ittifoqi strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha 22 iyunda qabul qilingan xulosalarida YeI va mintaqa davlatlari o‘rtasida hamkorlikni kengaytirishga ikki tomonlama o‘zaro qiziqish mavjudligi ta'qidlab o‘tilgan.

“YeI ishonchli va qulay investitsion iqlimni, me'yoriy-huquqiy bazaning barqarorligini, amaldagi ijtimoiy hamkorlikning ochiq-oydilligini, xalqaro ishbilarmonlik jamoatchiligi va mintaqaviy intergatsiya bilan o‘zaro aloqalarni ilgari surishda muhimroq rol o‘ynashi kerak va bu mintaqadagi davlatlarning JSTga kirish jarayonining takomillashishiga ko‘mak beradi”, deb aytilmoqda xabarda.

Top