11:49 / 04.07.2015
2224

«Real» Ramosni «MYu»ga sotmasa, «MYu» ham De Xeani «Real»ga bermaydi

Ispaniyalik darvozabon David De Xea keyingi mavsumda ham "Manchester Yunayted"da qolishi mumkin.

The Guardian nashrida yozilishicha, inglizlar bu futbolchining transferi borasida "Real" oldiga shart qo‘ydi. Unga ko‘ra, agar madridliklar Serxio Ramosni "MYu"ga sotmasa, De Xea ham "Real"ga o‘tmaydi. Voqealar rivoji shu tariqa rivojlansa, darvozabon kelasi yil yozidagina erkin agent maqomida Madridga ketishi mumkin.

Xabar qilinishicha, "Real" Serxio Ramos borasida "MYu"ning bitta taklifini rad etib bo‘lgan. Shuningdek madridliklar De Xea borasida "Manchester Yunayted"ga rasman murojaat qilmagani ham aytilmoqda. Darvozabon dushanba kuni "MYu" ixtiyoriga yetib kelishi va 13 iyulda jamoa bilan birga AQSh bo‘ylab turnega yo‘l olishi lozim.

Top