12:13 / 04.07.2015
7087

Sardor Rashidov "Al-Jayish" bilan shartnoma tuzdi

O‘zbekistonlik 24 yoshli futbolchi Sardor Rashidov Qatar klubi bilan rasman shartnoma tuzdi. Bu haqda championat.asia sayti xabar qildi.

"Bunyodkor"ning sobiq futbolchisi 3 iyul kuni klub qarorgohiga yetib bordi va shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi. Rashidov tibbiy ko‘rikdan o‘tgach, "Al-Jayish" bilan tuzilgan shartnomaga imzo qo‘ydi.

Ma'lumot uchun, Qatarda yangi mavsum avgust oyida start oladi.

Top