00:07 / 04.07.2015
11041

Xitoylik fermer boqqan “itlar” himolay ayiqlari bo‘lib chiqdi

Xitoyning Yunnan provinsiyasida yashovchi Van Kayyuy ismli fermer ikki yil davomida “itlar” deb boqayotgan jonzotlari aslida himolay ayiqlari ekanini payqab qoldi. Bu haqda South China Morning Post nashri xabar bermoqda.

Xitoylikning aytishicha, u ikki yil avval Vetnam chegarasi yonidagi hududda banan yetishtirish bilan shug‘ullangan. U o‘sha yerda kuchuk bolalar sotayotgan vetnamlik savdogardan ikkita kuchuk bolasi sotib olgan.

Vaqt o‘tishi bilan Van Kayyuy uning “itlari” mahalliy itlarga o‘xshamasligini va o‘zlarini g‘alati tutayotganlarini seza boshlagan. Xitoylik yaqinda yovvoyi hayvonlarni himoya qilish tadbiridan u boqayotgan “itlar” aslida kamyob himolay ayiqlari ekanligini bilib qolgan. Fermer yordam so‘rab o‘rmon xizmatiga murojaat qilgan. Bu xizmat xodimlari ayiqlarini olib ketishgan.

Yovvoyi hayvonlarni himoya qilish markazi vakilining aytishicha, biri erkak va biri urg‘ochi bo‘lgan ayiqlar o‘zlarini yaxshi his qilmoqda.

Top