15:07 / 04.07.2015
1485

"Yuventus" Allegri bilan shartnoma uzaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda

“Yuventus” klubi jamoa bosh murabbiyi Massimiliano Allegri bilan shartnoma uzaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda.

Mutaxassisning amaldagi shartnomasi 2016 yilning 30 iyuniga qadar belgilangan va klub uni yana bir yilga uzaytirmoqchi.
La Gazzetta dello Sport’ning ma'lum qilishicha, shartnoma yangi mavsum boshlangunga qadar amalga oshiriladi hamda va unga ko‘ra Allegri A seriyadagi “Inter” murabbiyi Roberto Manchinidan (4 mln yevro) so‘ng eng ko‘p haq to‘lanadigan ikkinchi murabbiy bo‘ladi.

Hozirda Allegrining maoshi yiliga 2,5 mln yevroga teng.  Klub 47 yoshli murabbiyga 3,5 mln yevro va qo‘shimcha bonuslar mavjud bo‘lgan maosh taklif qilmoqda. Unga ko‘ra, Allegrining yillik maoshi 3,7 mln yevroga teng bo‘lishi mumkin. 

Top