21:41 / 05.07.2015
2286

“Barselona” Turonning transferi uchun “Atletiko”ga 34 mln yevro to‘laydigan bo‘ldi

Madridning “Atletiko” klubining hujumkor yarimhimoyachisi Arda Turon o‘z faoliyatini “Barselona”da davom ettiradigan bo‘ldi.

Ikki klub Turkiya terma jamoasining 28 yoshli yarimhimoyachisining transferi shartlari bo‘yicha kelishib oldilar, deb xabar bermoqda El Mundo Deportivo.

Nashrning ma'lumotlariga ko‘ra, “Barsa” Turon uchun 34 mln yevro to‘laydi.

“Atletiko” futbolchining kataloniyaliklar safidagi muayyan muvaffaqiyatlari uchun qo‘shimcha yana 7 mln yevro olishi mumkin.

Shu tariqa, bitimning umumiy qiymati 41 mln yevroni tashkil qilishi mumkin. Aynan shunday qiymatdagi pul o‘yinchining “Atletiko” bilan shartnomasida tavon puli sifatida ko‘rsatilgan edi.

Top