11:56 / 05.07.2015
2284

Arturo Vidal Amerika kubogi final uchrashuvining eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi

Chili terma jamoasi yarim himoyachisi Arturo Vidal Chili va Argentina terma jamoalari o‘rtasidagi Amerika kubogi finalining eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. Uchrashuvning asosiy va qo‘shimcha vaqti 0:0 bilan tugagandan keyin amalga oshirilgan penaltilar seriyasida chililiklar 4:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.

“Yuventus”ning 28 yoshli futbolchisi 120-daqiqalik o‘yini davomida 53 ta uzatma amalga oshirdi (aniqlik 89 foiz) va ikki marta to‘pni darvozaga yo‘naltirdi. Bundan tashqari, u penaltilar seriyasida ham o‘z urinishini muvaffaqiyatli amalga oshirdi.

Top