17:47 / 05.07.2015
4967

Blatter: Germaniya va Fransiya prezidentlari JCh-2022 mezbonini aniqlash jarayoniga ta'sir ko‘rsatishgan

FIFA prezidenti Yozef Blatterning ma'lum qilishicha, 2018 va 2022 yilgi mundiallar uchun mezbonlar nomini aniqlash jarayoniga Fransiya prezidenti Nikolya Sarkozi hamda Germaniya prezidenti Kristian Vulf ham aralashgan.

FIFA Ijroiya qo‘mitasi 2010 yilning 2 dekabrida 2018 yilgi jahon chempionatini Rossiyada, 2022 yilgi chempionatni esa Qatarda o‘tkazish haqida qaror qabul qilgandi.

"Sarkozi va Vulf qo‘mita vakillarining qaror qabul qilishiga o‘z ta'sirlarini o‘tkazishgan. Ularning bosimi ostida amalga oshirilgan tanlovlarni esa qabul qilishga majbur bo‘lganman. Ularning ko‘pchiligi Qatarni tanlashgan edi", deb ma'lum qiladi Blatter Assosheyted Press agentligiga.

Uning fikricha, Germaniya futbol ittifoqi Vulfning ko‘rsatmasiga binoan ish tutgan. 

"Qatarda ko‘plab nemis kompaniyalari faoliyat yuritmoqda. Germaniya bu turnir Qatarda o‘tkazilishidan manfaatdor", deydi FIFA prezidenti.

Top