12:29 / 05.07.2015
1900

Bog‘dodda ikkita terakt oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi

Bog‘dodda ikkita avtomobil portlashi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi.

Mashinalardan biri Bog‘dodning shialar yashaydigan tumani Amilda portladi. Portlash oqibatida 27 kishi yaralandi va 8 kishi halok bo‘ldi. Dura tumanidagi avtobuslar garajida sodir bo‘lgan portlash oqibatida yana 3 kishi halok bo‘ldi.

Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, Bog‘ddoddan shimoli-sharqiy tomonda joylashgan Balod-Ro‘z shahridagi portlash oqibatida yana ikki kishi halok bo‘ldi. Ayni paytda ushbu teraktlar uchun javobgarlikni hech qaysi tashkilot o‘z zimmasiga olmagan.

Top