O‘yindan oldin Argentina terma jamoasining imkoniyatlari yuqori baholangan bo‘lsa ham mezbonlar osonlikcha jon bermoqchi emasligini amalga namoyish etdilar. Ular butun jamoa bo‘lib Messini qo‘riqlashdi va oxir-oqibat maqsadlariga erishishdi.
Asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarda hisob ochilmadi. Penaltilar seriyasida esa omad mezbon – Chili terma jamoasiga kulib boqdi.
Argentina terma jamoasi safida faqatgina Messining zarbasi aniq chiqqanini e'tirof etmoq lozim. Shunday qilib, 4:1 hisobida Chili g‘alaba qozondi va o‘z tarixida birinchi bor musobaqaning bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.
Chili - Argentina final uchrashuvidan fotojamlanma
Chili - Argentina 0:0 (penaltilar seriyasi: 4:1)
Stadion: «Estadio Nasonal».
Penaltilar seriyasi: Fernandez - 1:0, Messi - 1:1, Vidal 2:1, Iguain - 2:1, Arangis - 3:1, Banega - 3:1, Sanches - 4:1.
Chili – Bravo, Bosejur, Isla, Vidal, Valdiviya (Fernandes, 75), Medel, Arangis, Silva, Vargas, Sanches, Dias.
Argentina – Romero, Roxo, Otamendi, Demichelis, Sabaleta, Bigliya, Maskerano, Pastore (Banega, 81), Di Mariya (Lavessi, 29), Aguero (Iguain, 74), Messi.
Ogohlantirishlar: Silva (24), Medel (34), Dias (44), Roxo (55), Maskerano (55), Arangis (86).