13:32 / 05.07.2015
6430

Floyd Meyuezer Menni Pakyao bilan jangda qo‘lga kiritgan unvonidan mahrum etilishi mumkin

Butunjahon boks tashkiloti (WBO) AQShlik bokschi Floyd Meyuezerni filippinlik Menni Pakyaoga qarshi jangda qo‘lga kiritgan o‘rta vazn toifasidagi chempionlik unvonidan mahrum etishi mumkin.

ESPN telekanalining ma'lum qilishicha, WBO qoidalariga ko‘ra bokschi turli vazn toifalarida bir vaqtning o‘zida bir nechta chempionlik unvonlariga egalik qilishi mumkin emas. Meyuezer esa ayni paytda birinchi o‘rta vazn toifasida Butunjahon boks kengashi (WBC) va Butunjahon boks uyushmasi (WBA)ning kamarlariga ham ega.

Bundan tashqari, bokschi 2 may kuni bo‘lib o‘tgan Menni Pakyao bilan jangning tashkil qilingani uchun 200 ming dollar miqdoridagi bojni o‘z vaqtida to‘lamagan. Oqibatda WBO bokschini 6 iyulda bu unvondan mahrum etib, uni boshqa bir bokschiga berishi mumkin.

Top