22:33 / 05.07.2015
2730

Gretsiya kreditorlar bilan muzokaralarni zudlik bilan boshlab, 48 soat ichida tamomlamoqchi

Gretsiya hukumati o‘zining qarzi bo‘yicha kelishuvga erishish maqsadida xalqaro kreditorlar bilan zudlik bilan muzokaralar o‘tkazishni boshlamoqchi. Bu haqda 5 iyul kuni teleefirda Gretsiya hukumati rasmiy vakili Gavriil Sakellaridis mamlakatdagi referendumning dastlabki natijalariga izoh bera turib ma'lum qildi.

“Tez orada muzokaralar boshlanadi va tezda, ehtimol 48 soat ichida tugatilishi kerak. Biz kelishuvga tez kelish uchun barcha harakatlarni amalga oshirmoqdamiz”, deb aytdi Sakellardis.

Gretsiya bosh vaziri Aleksis Tsipras mamlakat aholisini referendumda xalqaro kreditorlarning takliflariga qarshi ovoz berishga bir necha bor chaqirgan edi. Uning fikricha, kreditorlarning takliflariga beriladigan qat'iy “yo‘q” javobi Afinaning muzokaralardagi maveqini ancha mustahkamlaydi. Mamlakatdagi bosh muxolif “Yangi demokratiya” partiyasining fikricha, bu, aksincha, mamlakatning imkoniyatlarini jiddiy zaiflashtiradi, chunki kreditorlar o‘zlarining takliflari qabul qilinishini talab qilmoqdalar.

Top