12:04 / 05.07.2015
1971

Maskerano Amerika kubogining uch finalida mag‘lubiyatga uchragan birinchi futbolchi bo‘ldi

Amerika Kubogining final uchrashuvida Chili terma jamoasi Argentina ustidan penaltilar seriyasida 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Shu tariqa argentinaliklar yarimhimoyachisi Xaver Maskerano Amerika kubogining uch finalida mag‘lubiyatga uchragan birinchi futbolchi bo‘ldi.

“Barselona”ning 31 yoshli futbolchisi bungacha Argentina bilan ushbu musobaqaning 2004 va 2007 yillardagi final uchrashuvlarida mag‘lubiyatga uchragan edi. Bundan tashqari, Maskerano o‘z jamoasi bilan 2014 yilgi jahon chempionatida ham germaniyaliklarga imkoniyatni boy bergan.

Top