04:59 / 05.07.2015
6179

Poroshenko: biz tinchlik tarafdorimiz, biroq bunga istalgan yo‘l bilan erishmaymiz

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Ukraina sharqidagi inqirozni siyosiy yo‘l bilan hal qilish kerakligini talab qilmoqda. Bu haqda Ukraina prezidenti saytida ma'lum qilindi.

“Bu masalaning bahosini tushungan holda, men muammoni siyosiy yo‘l bilan hal qilish kerakligini talab qilganman, talab qilmoqdaman va kelgusida ham talab qilaman. Shak-shubhasiz, biz tinchlikni yoqlab chiqamiz. Biroq bunga erishish uchun istalgan yo‘ldan bormaymiz. Biz Ukraina yerining bir parchasini ham bermaymiz”, deb aytmoqda Poroshenko.

“Bizning siz bilan asosiy maqsadimiz Ukrainaning hududiy birligini, Ukraina yerining har bir parchasi ustidan mustaqillikni tiklash, Ukraina mustaqilligini ta'minlash va uni bizning hududimizga bostirib kirgan istalgan tajovvuzkordan himoya qilishdan iborat”, deb aytmoqda Ukraina prezidenti.

Poroshenko, shuningdek, armiyaning mudofaaga tayyorligini qo‘shimcha qilib o‘tdi.

Top