15:34 / 05.07.2015
7254

Rasmiy Pekin Turkiya xitoyliklar uchun xavfli mamlakat ekanini e'lon qildi

Xitoy hukumati Turkiya hududida o‘z fuqarolariga nisbatan aksilxitoy kayfiyat mavjudligini ma'lum qildi. Bu haqda Reyter xabar bermoqda.

Rasmiy Pekin bayonotida aytilishicha, turkiyaliklar bir necha marta xitoyliklarga nisbatan "nafrat jinoyati"ni amalga oshirib, hujum qilgan.

Ma'lumot uchun, Turkiyada Shinjon-Uyg‘urdagi voqealar tufayli Xitoyga qarshi norozilik namoyishlari o‘tkazilmoqda.

Xitoy hukumati Shinjon-Uyg‘ur avtonom hududida musulmonlarga Ramazon oyi munosabati bilan turli tadbirlar o‘tkazib, yig‘ilishni taqiqlab qo‘ygan.

Top