11:55 / 05.07.2015
1780

Tunisda favqulodda vaziyat tartibi 30 kunga kiritildi

Tunis prezidenti Baji Kaid as-Sabsiy mamlakatda favqulodda vaziyat tartibi 30 kun davom etishini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

“Terrorchilikka qarshi kurash – o‘ziga xos kurashdir. Bu urushning o‘ziga xos jihatlari bor, ular gohida OAV va so‘z erkinligiga ham tegishlidir”, deb aytdi as-Sabsiy.

Prezident huquq-tartibot muassasalari va armiyaning vakolatlari kengaytirilishi, agar namoyishlar va ommaviy tadbirlar milliy xavfsizlikka tahdid soladigan bo‘lsa ular man qilinishi hamda OAVlar faoliyati nazorat ostiga olinishi mumkinligini ta'kidlab o‘tdi.

Avvalroq Tunisda favqulodda vaziyat tartibi e'lon qilingani ma'lum qilingandi.

Top