20:55 / 05.07.2015
3362

Tunisda terakt amalga oshirgan terrorchi sayyohlik sohasida ishlagani ma'lum bo‘ldi

Tunisning Susi kurort shahrida sayyohlarni otib tashlagan 23 yoshli mahalliy talabaning o‘zi ham sayyohlik sohasida ishlagani ma'lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda France24 telekanali.

Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, u raqs klubida ishlagan va animatsiya (ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazish) bilan shug‘ullangan.

Avvalroq Tunis tarixidagi eng yirik terakt sodir etilgan Susi viloyatining vaziri iste'foga chiqarilgani ma'lum qilingandi.

Top