21:20 / 06.07.2015
2846

“Tur de Frans” velopoygasining 3-bosqichida poygachilarning ommaviy to‘qnashuvi ro‘y berdi

“Tur de Frans” ko‘p kunlik velopoygasining 3-bosqichida poygachilarning ommaviy to‘qnashuvi ro‘y berdi, deb xabar berilmoqda musobaqaning tvitterdagi akkauntida. To‘qnashuv sodir bo‘lishidan bir necha daqiqa avval asosiy guruhning tezligi deyarli 50 km/soatni tashkil qilgan.
20 ga yaqin velopoygachi bir-biri bilan to‘qnashib ketgan. Shu sababli poyga vaqtinchalik to‘xtatilib, jarohat olgan velopoygachilarga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Kichkina tanaffusdan keyin poyga davom ettirilgan.

Oqibatda bir necha velopoygachilar jarohat oldi, ular orasida musobaqa yetakchisi, shveysariyalik velopoygachi Fabian Kanchellara ham bo‘lgan.

Poyganing 2-bosqichidan keyin Fabian Kanchellara yetakchilik qilmoqda, 2-o‘rinda nemis Toni Martin, 3-o‘rinda gollandiyalik Tom Dyumalin, 4-o‘rinda Rossiyaning “Tinkoff-Sakso” jamoasi velopoygachasi Sagan egallamoqda.

Biroq ma'lum qilinishicha, umumiy hisobotda 3-o‘rinni egallayotgan gollandiyalik velopoygachi Tom Dyumolin (Giant-Alpecin), avstraliyalik Saymon Gerrans (Orica-GreenEDGE) va fransiyalik Uilyam Bone (FDJ) “Tur de Frans”ni muddatidan oldin tark etishga majbur bo‘ldilar.

Top