17:12 / 06.07.2015
4580

Andijonda ozuqa va yoqilg‘ining yangi avlodi yaratildi

Andijonda ozuqa va yoqilg‘ining yangi avlodi yaratildi. Bu haqda "Telegraf.uz" nashri xabar bergan.

Loyiha mualliflarning ta'kidlashlaricha, kuzda to‘kilgan daraxt barglari gorizontal shnek qutisi ustiga o‘rnatilgan idishga to‘kiladi. Shundan so‘ng elektrodvigateldan harakatlanayotgan shnek barglarini siqib, pichoq yordamida qirqiladi, elak teshiklari orqali aralashtirgichga tushadi. Shu tariqa maydalangan barglar massasi aralashtirgich kuraklari ko‘magida aralashtiriladi. Ventil va quvur orqali birlashtiruvchi yopishqoq suspenziya bakdan oqib keladi. Suspenziya bilan yaxshi aralashtirilgan, maydalangan barglar massasi to‘sqichni ochganimizda ma'lum bir ko‘rinishga ega bo‘lgan qolipga kelib tushadi. Qolipga kelib tushgan tayyor massa porshen bilan qisiladi.

Dosent Z.Turg‘unov hamda talaba O.Abdujabborov tomonidan yaratilgan mazkur loyiha qishloq xo‘jaligi va yoqilg‘i sanoati rivojida yaxshi samara beradi.

Top