17:18 / 06.07.2015
3752

Bag‘dod ustidan uchib o‘tayotgan samolyotdan tasodifan bomba tushib ketishi natijasida 7 kishi halok bo‘ldi

Bag‘dod ustidan uchib o‘tayotgan samolyotdan tasodifan bomba tushib ketishi natijasida 7 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda France-Presse agentligi xabar bermoqda.
Iroq xavfsizlik kuchlari vakili, brigada generali Sa'd Ma'n bergan ma'lumotga qaraganda, samolyot bombalaridan biri texnik nosozlik tufayli tiqilib qolib, samolyotning bazaga qaytishi chog‘ida al-Jadida tumanidagi uchta uy ustiga tushib ketgan.
Bombaning portlashi natijasida 7 kishi halok bo‘ldi.

Top