10:22 / 06.07.2015
1834

Buyuk Britaniya Gran-prisida Lyuis Xemilton g‘alaba qozondi

Buyuk Britaniyada Gran-prisida britaniyalik pilot Lyuis Xemilton birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin uning “Mersedes” jamoasi bo‘yicha hamkori Niko Rosbergga nasib qildi. Uchinchi natijaga esa “Ferrari” piloti Sebastyan Fettel erishdi.

Gran-prida ishtirok etgan 20 sportchidan 13 nafari finishga yetib bordi. 6 nafari finishga yetib bora olmadi, bir nafari esa – “Zauber” jamoasi piloti Felipe Nasr start olmadi.

Top