Kanadaning Vankuver shahrida ayollar terma jamoalari o‘rtasida futbol bo‘yicha jahon chempionati o‘z nihoyasiga yetdi.
Musobaqa finalida AQSh va Yaponiya terma jamoalari qizlari bellashishdi. AQSh 5:2 hisobida Yaponiya ustidan g‘alaba qozonib, uchinchi bor jahon chempioni unvoniga sazovor bo‘ldi. Musobaqaning bronza medallarini Germaniyani qo‘shimcha vaqtda 1:0 hisobida mag‘lub etgan Angliya terma jamoasi qo‘lga kiritdi.
AQSh terma jamoasi 1991 va 1999 yillardagi jahon chempionatining g‘olibi bo‘lgan.