12:18 / 06.07.2015
2388

Krishtianu Ronaldu: Yoshligimda menga nimjonligimni ko‘p pesh qilishardi

Madridning "Real" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu trenajyer zalida ko‘p vaqtini o‘tkazishi sababini keltirib o‘tdi. Portugaliyalik hujumchi jismoniy holat sport formasini ushlab turishida katta ahamiyat kasb etishini ta'kidlagan.

"Kuchli futbolchi bo‘lish uchun astoydil ishlash kerak. Men bu ishni har kuni amalga oshiraman. Jismoniy holatim yaxshi bo‘lgani uchun ham ko‘p yillardan buyon yuqori saviyada to‘p surib kelyapman. Bu tasodif emas.

Yoshligimda menga nimjonligimni ko‘p pesh qilishar edi. "Krishtianu, sen juda iqtidorlisan, ammo haddan ortiq nimjonsan", deyishgan. Shundan so‘ng jismoniy holatimni kuchaytirish uchun qattiq kirishdim. Qaysarlik bilan bir necha soat vaqtimni trenajyer zalida o‘tkazardim va bu borada ancha o‘sishga erishdim. Jismoniy kuch o‘yin vaqtda katta ustunlik beradi. Shu sababli butun mavsum davomida yaxshi formada bo‘laman", - deydi Ronaldu.

Top