13:10 / 06.07.2015
5145

Makarevichning yordamchisi xonandaning o‘limi haqidagi gaplarni inkor qildi

Grushinsk festivali saytida rossiyalik xonanda Andrey Makarevichning o‘limi haqida axborot paydo bo‘lgan edi. Ammo festival prezidenti Boris Keylman “Exo Moskvi” radiostansiyasiga bergan intervyusida bu ma'lumotni inkor qildi.
Saytda kim yolg‘on axborot joylashtirgani maxsus tekshiriladi. Makarevichning yordamchisi Anton Chernin xonandaning sog‘lig‘i joydaligini tasdiqladi.
Grushinsk festivali direktorining o‘rinbosari Yuriy Karpov bergan ma'lumotga qaraganda, Makarevichning o‘limi haqidagi axborotni joylashtirgan xakerlar saytni buzishga muvaffaq bo‘lgan.
Ayni paytda sayt ishlamayapti.

Top