07:53 / 06.07.2015
3574

Nigeriyaning Jos shahrida ikkita portlash amalga oshirildi

Nigeriyaning markaziy qismidagi Jos shahrida ikkita portlash amalga oshirildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Jangarilarning hujumlaridan biri restoranga to‘g‘ri keldi, ikkinchisi avval “Boko Haram” terrorchilik guruhining a'zosi bo‘lgan imomni yo‘q qilishga qaratildi.

Shahar politsiyasi teraktlar sodir bo‘lganini tasdiqladi, biroq jabrlanganlar haqidagi ma'lumotlar hozircha oshkor etilmagan.

Top