12:30 / 06.07.2015
7851

O‘zbekistonlik biznesmenlar Turkmanistondan benzin va polipropilen xarid qilishdi

Rossiya, Afg‘oniston va O‘zbekiston vakillari bo‘lgan bir guruh tadbirkorlar Turkmaniston davlat tovar va xom ashyo birjasida savdolarida Turkmanboshi neftni qayta ishlovchi zavodlar majmuasida ishlab chiqarilgan avtobenzin va polipropilen xarid qilishdi.

Aytilishicha, savdoda Rossiya, Buyuk Britaniya, BAA, Shveytsariya, Saudiya Arabistoni, Singapur, Malta, O‘zbekiston, Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Gruziya, Ukraina vakillari ishtirok etgan. Amalga oshirilgan shartnomalarning umumiy qiymati 25.875 mln dollarni tashkil qilgan.

Turkmaniston davlat axborot agentligining xabar berishicha, xaridlar chet el valyutasida amalga oshirilgan. Faqatgina pokistonlik biznesmenlar depozit manat mablag‘lari hisobiga 1.228 mln manatga paxta tolasi mahsulotlarini sotib olgan.

Top